Afg‘onistonda o‘zbek tili va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlanishi mumkin
O‘zbekiston elchixonasida Afg‘oniston Oliy ta’lim vazirligi tashqi aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Sulaymon Nesar Husaynxayl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Afg‘oniston tomoni O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatda yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.
Tomonlar ikki davlatning yetakchi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek tili va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Ilmiy sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Afg‘oniston vakillari O‘zbekiston bilan oliy ta’lim sohasidagi aloqalarni, xususan, ikki davlatning yetakchi universitetlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri akademik rishtalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish va qo‘shma seminarlar o‘tkazishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.
Mavzuga oid
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024