Jahon | 21:10 / 25.09.2024
1544
1 daqiqa o‘qiladi

Los-Anjyelesda avtobus yo‘lovchilari garovga olindi

Politsiya uni ta’qib qildi va qurollangan shaxsni qo‘lga oldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

AQSh Los-Anjyeles shahrida noma’lum shaxs avtobusni olib qochdi, politsiya esa uni ta’qib qildi. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.

Qayd qilinishicha, avtobus temir tikanlar yordamida to‘xtatilgan. Qurollangan jinoyatchi politsiyaga qarata o‘q uzgan.

NBC News telekanalining xabar berishicha, hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan. Uning shaxsi ochiqlanmayati.

Otishmada kamida bir ayol kishi jiddiy jarohat olgan, u avtobusdagi ikki yo‘lovchidan biri ekanligi taxmin qilinmoqda. Haydovchi jabrlanmagan, maxsus kuchlar unga avtobusdan tushishga yordam berishgan.

Yarador ayol shifoxonaga yotqizilgan va keyinchalik vafot etdi, deb xabar berdi ABC7.

Mavzuga oid