Jahon | 19:18
1590
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi

Zararlangan mahsulotlar izolyatsiyalangani va yo‘q qilingani ta’kidlanmoqda.

Foto: gov.kz

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrosanoat kompleksi Oqto‘be viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan O‘zbekistondan keltirilgan shaftoli partiyasida karantin zararkunandasi – sharq mevaxo‘ri (Grapholita molesta Busck) borligi aniqlandi.

Qayd qilinishicha, Markaziy bojxona rasmiylashtiruvi punktidagi karantin fitosanitar nazorati chog‘ida 2,58 tonna shaftolining yangi partiyasi tekshirilgan. Partiya Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidan avtomashinada keltirilgan. Meva namunalari tanlab olinib, Oqto‘be viloyat karantin laboratoriyasiga yuborilgan. Tahlil sharq mevaxo‘ri mavjudligini tasdiqlagan.

Karantin obekti tarqalishining oldini olish maqsadida zararlangan mahsulotlarni izolyatsiyalash va yo‘q qilish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilgani ta’kidlanmoqda.

Mavzuga oid