Jamiyat | 19:00 / 26.09.2024
3994
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 31 yilligi munosabati bilan Toshkentda kubok musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21 sentabr kuni Toshkent shahridagi "UNIVERSAL HORSES STABLE" ot sport klubida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil topganiga 31 yil to‘lgani munosabati bilan kubok musobaqasi tashkil qilindi. Tadbirda ot sportining turli yo‘nalishlari bo‘yicha chavandozlar bellashishdi.

Foto: Ot sporti federatsiyasi

Musobaqa doirasida chavandozlar 100 sm, 110 sm va 120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash borasida o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Quyida musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari:

 1-yo‘nalish – “Bolalar” 100 sm

 Mamadaliyev Dilshodbek — Sweet and Sour

 Nazarova Sevinch — Elis Dji

 Sobirjonov Muxammadrasul — Mustang

 2-yo‘nalish – “Barcha uchun” 110 sm

 Sharipov Akbar — Cachmaker

 Dushchenko Mariya — Lider

 Negmatov Ashrafxon — Odemus G

3-yo‘nalish – “HEFU CUP” 120 sm

Sharipov Akbar — Affir

Erkinov Alisher — Prins Kornet

Erkinov Alisher — Kuldanser

Musobaqa yakunida federatsiya tashkil topgungacha mehnat qilib kelgan faxriy xodimlarga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Tadbirga xalqaro ot sporti federatsiyasining (FEI) vakili Edouard Pierre Henri tashrif buyurdi. U joriy yilning 21-27 oktyabr kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan "Fei Jumping World Challenge Toshkent 2024 Final" musobaqasiga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid