O‘zbekiston | 10:44 / 28.09.2024
3535
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda xorijga o‘qish uchun borgan O‘zbekiston fuqarolari soni ma’lum qilindi

Tahsil olish uchun eng ko‘p odam Tojikistonga, eng kam Birlashgan Arab Amirliklariga borgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida 25,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 foizga oshgan.

Joriy yil sakkiz oy davomida O‘zbekiston fuqarolari quyidagi davlatlarga borgan:

  • Tojikiston — 10 701 nafar;
  • Rossiya — 6 032 nafar;
  • Qirg‘iziston — 2 408 nafar;
  • Turkiya — 1 640 nafar;
  • Janubiy Koreya — 1 383 nafar;
  • Qozog‘iston — 1 102 nafar;
  • Xitoy — 507 nafar;
  • Britaniya — 475 nafar;
  • AQSh — 355 nafar;
  • BAA — 238 nafar;
  • boshqa davlatlar — 974 nafar.

Mavzuga oid