Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ni sotmoqchi bo‘lganlar aniqlandi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida iste’molga yaroqsiz sariyog‘ mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Uchtepa tumanida fuqaro N.A. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, “Diydor” MFY hududidagi avtoturargoh garajida iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan 400 kg sariyog‘ mahsulotini xaridorlarga sotish maqsadida go‘yoki “A.I.” MChJ tomonidan ishlab chiqarilganligini bildiruvchi savdo belgilarini qadoqlagan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:49 / 16.08.2024
Toshkentda ikki nafar bola ko‘p qavatli uy xonadonidagi yong‘indan qutqarildi
10:43 / 30.07.2024
Toshkentda xorijga yuborishni va’da qilgan shaxsning yonidan qalbaki 8400 dollar chiqdi
13:52 / 15.06.2024
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi
12:04 / 12.06.2024