Jahon | 11:24 / 28.09.2024
2994
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina 55 ming kishini bedarak yo‘qolgan deb tan oldi

Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Leonid Timchenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy harakatlari natijasida bedarak yo‘qolgan ukrainaliklar ro‘yxatida hozirda 55 ming kishi bor, ularning aksariyati harbiylardir.

Foto: president.gov.ua

Rossiyaning agressiv urushi tufayli bedarak yo‘qolgan ukrainaliklar ro‘yxatida hozirda 55 ming kishi bor, ularning aksariyati harbiylardir. Bu haqda 26 sentabr kuni Ukraina ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Leonid Timchenko «Ukrinform» nashriga ma’lum qildi. 

«Bu ko‘rsatkich ancha dinamik: bedarak yo‘qolganlarning joylashuvi aniqlanganda, ba’zi hollarda fuqaro, masalan, asirlikda ekani ma’lum bo‘ladi», — dedi Timchenko va halok bo‘lganlar vaqti-vaqti bilan bedarak yo‘qolgan deb topilganlar orasida aniqlanib borilishini qo‘shimcha qildi.

Ukrainada 2023 yil may oyida bedarak yo‘qolgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritila boshlangan yagona reyestr ishga tushirildi. O‘shanda mamlakat Ichki ishlar vazirligi 23 ming kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. 2024 yil iyul oyida vazirlik ma’lumotlarni yangilab, reyestrga 42 ming ukrainalik kiritilgani haqida xabar berdi.

Mavzuga oid