YeI davlatlari chegaralarda yangi biometrik tizimning joriy etilishiga tayyor emas - FT
Yangi tizim Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan barcha davlatlar fuqarolaridan o‘z ma’lumotlarini, xususan, YeIga birinchi tashrifidayoq aeroportdagi immigratsiya markazlarida barmoq izlari kiritilishini talab qiladi.
Yevropa Ittifoqining bir nechta davlati Bryusseldan mamlakatga kirib keluvchilarni nazorat qiluvchi yangi biometrik tizimning ishga tushirilishi kechiktirilishini so‘radi. Mazkur yangi tizimni 10 noyabrdan ishga tushirish rejalashtirilgan edi.
Yangi tizim Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan barcha davlatlar fuqarolaridan o‘z ma’lumotlarini, xususan, YeIga birinchi tashrifidayoq aeroportdagi immigratsiya markazlarida barmoq izlari kiritilishini talab qiladi.
Financial Times gazetasining manbalariga ko‘ra, Germaniya, Fransiya va Niderlandiya bu turdagi nazorat tizimi bilan ishlashga tayyor emasligini bildirgan — YeIga keluvchi barcha fuqarolarning 40 foizi ushbu davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Transport sohasi rahbarlaridan birining ta’kidlashicha, mazkur tizim joriy etilgudek bo‘lsa, chegaralarda yuzaga keladigan navbatlar 30-100 foizga oshadi.
Germaniya Ichki ishlar vazirligi asosiy muammo EU-Lisa agentligi tomonidan nazorat qilinadigan markaziy kompyuter tizimida ekanini bildirdi.
Yevrokomissiya vakilining ma’lum qilishicha, tizim ustidagi ishlar «rejadagidek amalga oshirilgan», ammo «uning kechikishini istisno etib bo‘lmaydi».
Mavzuga oid
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
21:59 / 26.09.2024
Yevropa Ittifoqi bo‘rilarni ko‘proq otishga ruxsat berdi
19:08 / 17.09.2024