O‘zbekiston | 10:10 / 30.09.2024
1345
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirishni ko‘rib chiqmoqda 

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Butunxitoy ayollar federatsiyasi raisi Shen Isin xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Foto: Senat.uz

Tomonlar xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlarga e’tibor qaratgan.

Xitoy bilan sog‘lom ona va bola dasturlarini davom ettirish hamda faol ayollarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quvlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Norboyeva tashrifda Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Van Xunin bilan uchrashgan. Muloqotda parlamentlararo aloqalarni uzviy davom ettirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish kelishib olingan.

Mavzuga oid