AQShda ColdRiver hakerlarining 100 dan ortiq domeni bloklandi
ColdRiver hakerlar guruhi Rossiya «FSB»ning «Tsentr-18» bo‘limi bilan bog‘langan bo‘lib, uning vazifalari AQSh Adliya vazirligiga ko‘ra, Amerika departamentlari va agentliklari ma’lumotlariga kirishni o‘z ichiga oladi.
Qo‘shma Shtatlarda ColdRiver hakerlar guruhi bilan bog‘liq 107 domenni musodara qilish uchun orderlar chiqarildi. 3 oktyabr, payshanba kuni e’lon qilingan bayonotda AQSh Adliya vazirligi bloklangan domenlardan maqsadli fishing – elektron pochta manzillari va veb-saytlarni soxtalashtirish orqali boshqa shaxs niqobi ostida ma’lumotlarga kirishga urinishlar uchun foydalanilganini ta’kidladi.
ColdRiver faoliyati, AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq AQSh razvedka xodimlari, AQSh Mudofaa vazirligi va Davlat departamentining sobiq va hozirgi xodimlari, mudofaa bo‘yicha pudratchilar va Energetika vazirligi xodimlariga qaratilgan. Idora fikricha, hakerlar Federal xavfsizlik xizmatining (Rossiya «FSB») «Tsentr-18» nomli bo‘linmasi bilan aloqada bo‘lib, uning vazifalariga AQSh departamentlari va agentliklarining ma’lumotlariga kirish kiradi.
Polsha Rossiya va Belarus hakerlarining qo‘shma diversiyasini to‘xtatib qoldi
Polsha huquq-tartibot idoralari Rossiya va Belarus o‘rtasida Polshadagi barqarorlikni buzishga qaratilgan qo‘shma qo‘poruvchilik operatsiyasini tayyorlagan hakerlar guruhini fosh qildi. Bu haqda Varshavada 9 sentabr kuni mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gavkovskiy ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Belarus hududidan faoliyat olib borgan hakerlar Polsha davlat idoralari va harbiy buyurtmalarni bajaruvchi davlat kompaniyalari resurslariga buzib kirishgan.
Kiberjinoyatchilarning vazifalari orasida «ma’lumotni tovlamachilik yo‘li bilan olish, shaxslar va tashkilotlarni shantaj qilish, shuningdek, haqiqiy kiberurush olib borish» bo‘lgan, dedi vazir. Misol tariqasida u Polshaning antidoping agentligi POLADA’ga hakerlar hujumini keltirdi.
Kshishtof Gavkovskiy guruhda qancha odam borligi, shuningdek, qo‘lga olinganlar soniga aniqlik kiritmadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yil boshidan buyon 400 mingta ehtimoliy kiberhujumlar qayd etilgan, bu butun 2023 yildagidan (370 ming) sezilarli darajada ko‘p.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024