Shols: Germaniyani qayta birlashtirish - hali tugallangan jarayon emas
Shverin shahrida Germaniya birlashganining 34 yilligiga bag‘ishlangan markaziy tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Germaniya kansleri Olaf Shols birlashish jarayonini hali tugallangan deb hisoblash mumkin emasligini aytdi.
Meklenburg-Old Pomeraniya federal yeri poytaxti Shverin shahrida 3 oktyabr, payshanba kuni milliy bayram – Germaniya birligi kuni munosabati bilan markaziy tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Shahar kafedral soborida ekumenik messa o‘tkazildi va ko‘chalarda minglab odamlar bayram tantanalarida qatnashdi.
Germaniya kansleri Olaf Shols taklif etilgan 450 nafar mehmon, jumladan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer oldida qilgan chiqishida mamlakatning g‘arbiy va sharqi birlashish yo‘lida katta yutuqlarga erishganini, biroq bu jarayonni tugallangan deb hisoblash mumkin emasligini aytdi. Shols ko‘plab sharqiy nemislar ozodlikka erishish bilan kelgan qiyinchiliklarni unutmaslikka chaqirdi.
Die Zeit: Shols Putinga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 1 oktyabr kuni Die Zeit gazetasi Germaniya hukumatidagi nomi oshkor etilmagan manbalariga tayanib xabar berdi. Bu suhbat noyabr oyida Braziliyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammiti arafasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq Berlin hozircha Moskvaga rasmiy so‘rov bilan chiqqani yo‘q, deb yozadi nashr.
Agar suhbat bo‘lib o‘tsa, Shols Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar rahbarlaridan birinchi bo‘lib Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani tiklaydi. Germaniya kansleri va Rossiya prezidenti o‘rtasidagi so‘nggi telefon muloqoti 2022 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan. AQSh prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham Putin bilan oxirgi marta 2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri gaplashgan.
Mavzuga oid
15:01 / 20.12.2024
Olaf Shols NATO bo‘yicha ittifoqchilarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
09:55 / 20.12.2024
Shols va Tramp telefon orqali Ukrainadagi urushni muhokama qildi
22:59 / 19.12.2024
Tashqi qarz bosimi: koalitsiya tarqadi, Shols yutqazishi mumkin
11:54 / 17.12.2024