Yevroittifoq va Britaniya hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi
London chegaralarni ochishga va yagona bozorga qaytishga tayyor emas, lekin energiya xavfsizligi va noqonuniy migratsiya masalalarida YeI bilan hamkorlikka umid qilmoqda.
Britaniya bosh vaziri Kir Starmer 2 oktyabr, chorshanba kuni Bryusselda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen bilan uchrashuvda Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda «yangi start» haqida ma’lum qildi. Starmerning ta’kidlashicha, Britaniya jamoatchiligi «Brekzitni amalga oshirish va ularning manfaatlarini ko‘zlab» o‘zining yaqin qo‘shnilari bilan «oqilona yetakchilikka» qaytishni xohlaydi.
Kutilganidek, Starmer iqtisodiy o‘sish, energiya xavfsizligi va noqonuniy migratsiyani hamkorlikning ehtimoliy sohalari qatoriga kiritdi. «Bugun gap asosan yangi sahifa ochish va yanada konstruktiv muzokaralar olib borish haqida kechdi. Lekin bu hech qanday qiyinchiliklar bo‘lmaydi, degani emas», — deya Britaniya bosh vazirining so‘zlarini keltiradi AFP. Shu bilan birga, Starmer Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni yaxshilash chegaralarni ochish va yagona bozorga qaytishni anglatmasligini ta’kidladi. Fon der Lyayyenning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi va Britaniya «yaqinroq hamkorlik qilish imkoniyatlarini o‘rganishi» kerak, shu bilan birga mavjud kelishuvlarning «to‘liq va sodiq bajarilishiga» e’tibor qaratish kerak.
Kir Starmer Bryusselga tashrifi davomida Yevroparlament raisi Roberta Metsola va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan ham uchrashdi.
Britaniya bosh vaziri rafiqasiga berilgan sovg‘alar sabab tergov qilinishi mumkin
Britaniya bosh vaziri Kir Starmer deklaratsiya qoidalarini buzdi va u rafiqasiga millioner lord Vahid Alli tomonidan sovg‘alar bergani sababli tergov ostida qolishi mumkin, deb yozadi The Telegraph.
Leyboristlar partiyasidan per (oliy dvoryanlik unvoniga ega kishi) bo‘lgan Alli Starmerning rafiqasi uchun xaridlar bo‘yicha shaxsiy konsultanti, qimmatbaho kiyim-kechaklari xarajatini qoplagan. Bu bosh vazir lavozimga kirishishidan oldin ham, keyin ham sodir bo‘lgan, ammo xizmatlar hamda sovg‘alar deklaratsiya qilinmagan. Shu bilan birga, Leyboristlar partiyasi buyumlarni yetkazib berishda yordam ko‘rsatgan.
Biznesmen Alli oldinlari Asos moda kiyim-kechaklari savdosi bilan shug‘ullanuvchi internet-do‘konga egalik qilgan, uning boyligi 200 million dollarga baholanadi. 59 yoshli Alli ikki yil ichida Leyboristlar partiyasida 500 ming funt sterlingdan ortiq xayriya qilgan va Starmerning eng yirik homiylaridan hisoblanadi. Biznesmen joriy yilning o‘zida unga 18,6 ming funtlik kiyim va bir nechta ko‘zoynak sovg‘a qilgan, shuningdek, bosh vazirning parlament saylovlari vaqtida yashashi uchun 20 ming funt sarflagan.
Mavzuga oid
16:03 / 20.12.2024
YeIning 15 ta davlati suriyaliklarning boshpana so‘rovini ko‘rib chiqmayapti
13:52 / 19.12.2024
YeI sudi Deripaska va ikki bankni sanksiyalar ostida qoldirdi
15:34 / 18.12.2024
Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
15:20 / 18.12.2024