Jamiyat | 11:34 / 08.10.2024
3263
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda ikki ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi

Ayni paytda baxtsiz xodisa sabablari tegishli organlar tomonidan o‘rganilayotgani aytilmoqda.

Buxoro viloyatida joylashgan nimstansiyada ikki mutaxassis halok bo‘ldi.«O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» AJning xabar berishicha, hodisa 2024 yil 2 oktyabr kuni yuz bergan.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filialiga qarashli 500 kV kuchlanishli “Qorako‘l” podstansiyasida 2 nafar mutaxassis baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa to‘g‘risida shu kunning o‘zida tegishli organlarga xabar berilgan. Ayni paytda baxtsiz xodisa sabablari tegishli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

Xabarda baxtsiz hodisa qay tarzda ro‘y bergani haqida ma’lumot berilmagan.

“Marhum hamkasblarimizning oila a’zolariga hamdarlik bildirgan holda, barcha kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilishi ta’minlanishini ma’lum qilamiz”, deyiladi.

Mavzuga oid