Yangiyo‘lda qariyb 275 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
Tumanda faoliyat yuritayotgan g‘isht ishlab chiqarish sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Toshkent viloyatida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, Yangiyo‘l tumanida faoliyat yuritayotgan “L.N.G.” MChJga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexi elektr qurilmalarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Natijada dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 274,9 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid
10:50
Toshkentda 737 mln so‘mlik “svet”dan o‘zboshimchalik bilan foydalangan MChJ aniqlandi
11:30 / 10.10.2024
Tibbiyot muassasasida 2,1 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
07:50 / 11.09.2024
426 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi
00:26 / 28.07.2024