Sahroyi Kabirda kuchli yog‘ingarchilik - fotosuratlar
Marokash Meteorologiya bosh boshqarmasi xodimining ma’lum qilishicha, 30-50 yildan beri qisqa muddat ichida bunchalik ko‘p yog‘in kuzatilmagan.
Associated Press agentligi Marokash janubi-sharqidagi Sahroi Kabir cho‘lida kuzatilgan kuchli yomg‘irdan keyingi suratlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, dunyoning eng qurg‘oqchil joylaridan birida ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘gan. Marokash hukumatining hisob-kitoblariga ko‘ra, sentabr oyida bir nechta tuman, jumladan, Tata shahriga ikki kunda o‘rtacha bir yilda kuzatiladigan yomg‘ir yog‘gan (o‘rtacha yillik ko‘rsatkich — 250 millimetrdan kam).
Marokash poytaxti Rabotdan 450 kilometr janubda joylashgan Tagunite qishlog‘ida bir sutkada 100 millimetrdan ortiq yog‘in kuzatilgan. Mamlakat Meteorologiya bosh boshqarmasi xodimi Xussin Yuabebning ma’lum qilishicha, 30-50 yildan beri qisqa muddat ichida bunchalik ko‘p yomg‘ir yog‘magan.
Agentlik suhbatdoshining aytishicha, ushbu siklon tufayli yaqin oy va yillarda mintaqada ob-havo o‘zgarishi mumkin — havodagi namlik hisobiga bug‘lanish ortadi, bu esa yangi yog‘ingarchilikni keltirib chiqaradi. Ta’kidlanishicha, Marokash va Jazoirda sentabr oyi boshida 20 dan ortiq kishi yog‘ingarchilik qurboniga aylangan.
Mavzuga oid
14:00 / 28.10.2024
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati ko‘tariladi
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
19:12 / 24.08.2024
Marokashdagi Royal Mansour mehmonxonasi «Mehmondo‘stlik san’ati» mukofotiga loyiq ko‘rildi
14:55 / 12.08.2024