Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga yangi rahbar tayinlandi.
Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rildi.
Xabarga ko‘ra, Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Aziz Sadirov tayinlandi.
Yig‘ilishda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i polkovnik Sherzod Ibragimov, viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi yo‘llar Toshkent viloyati hududidan o‘tishi, mazkur yo‘llarda transport vositalarining serqatnovligini inobatga olgan holda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish lozimligi ta’kidlanib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat avtomobil yo‘llarida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari yuzasidan tanqidiy tarzda so‘z yuritilgan.
Mavzuga oid
11:12 / 11.01.2025
Toshkentda tramvay liniyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqiladi
10:35 / 11.01.2025
Toshkentdagi 4 tumanda “kogeneratsiya” qurilmalari ishga tushiriladi
16:31 / 10.01.2025
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
12:24 / 08.01.2025