O‘zbekiston | 11:04 / 13.10.2024
20762
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga nechta avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi
2010 yilga qaraganda ko‘rsatkich qariyb uch barobar oshgan.
Statistika agentligining 2024 yil yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Ma’lumot uchun, har 100 ta uy xo‘jaligiga:
- 2010 yilda – 21 ta;
- 2015 yilda – 42 ta;
- 2020 yilda – 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra 2024 yilda har 100 ta uy xo‘jaligiga 177 ta televizor to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, har 100 ta uy xo‘jaligiga:
- 2010 yilda - 132 ta;
- 2015 yilda - 152 ta;
- 2020 yilda - 162 ta televizor to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
16:17 / 03.01.2025
«Palov indeksi»: O‘zbekistonda osh narxi bir yilda qanchaga oshdi?
16:47 / 30.12.2024
2024 yilda AQShda uysizlar soni rekord darajaga yetdi
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024