Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari BRIKS mamlakat uchun YeIning muqobiliga aylanishini aytdi
Serbiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish nomzodligini 2012 yilda qo‘lga kiritgan. Mamlakat prezidenti Aleksand Vuchich 2024 yil aprelda respublika BRIKSni hurmat qilishini, ammo YeI tomon intilishini ma’lum qilgandi.
Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Vulin mamlakatning BRIKSga qo‘shilishi, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishning haqiqiy muqobili bo‘lishini ma’lum qildi. Shuningdek, u serb hukumati vakillari Qozonda o‘tkaziladigan BRIKS sammitiga borishlarini tasdiqladi.
«Barcha imkoniyatlarni, jumladan, BRIKSga a’zolikni o‘rganmasak — bu mas’uliyatsizlik bo‘ladi. Agar BRIKS boshqa davlatlar, jumladan, BAA, Saudiya Arabistoni yoki Turkiya uchun jozibador ekan, nimaga Serbiya uchun bunday bo‘lmasin? Shunday ekan, BRIKS YeIning haqiqiy muqobiliga aylanganiga shuhba yo‘q», — deydi Vulin.
Vulinning qo‘shimcha qilishicha, kelajak G‘arb davlatlariga ham, boshqa mamlakatga ham tegishli emas. «Kelajak qadriyatlarda, ya’ni geografik Sharq yoki geografik G‘arbdan qat’i nazar, butun insoniyat qadriyatlarida», — deya ta’kidlaydi serb amaldori.
Serbiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish nomzodligini 2012 yilda qo‘lga kiritgan. Mamlakat prezidenti Aleksand Vuchich 2024 yil aprelda respublika BRIKSni hurmat qilishini, ammo YeI tomon intilishini ma’lum qilgandi. Aleksandr Vulin avgust oyida BRIKS bilan hamkorlikni kuchaytirishga chaqirgan edi.
Sentyabr boshida Turkiya BRIKSga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy ariza bergandi, shuningdek, Ozarboyjon va Turkiya ham blokka qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIK deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.
2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklariga to‘laqonli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilish taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
01:00 / 31.10.2024
YeI fuqarolariga uch kunga yetadigan zaxira mahsulotlarini to‘plab qo‘yish tavsiya qilindi
22:15 / 29.10.2024
AQSh va Yevropa nima sababdan turlicha iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelyapti?
09:10 / 26.10.2024
Yevrokomissiya rahbari Serbiya bosh vaziri bilan uchrashuvni bekor qildi
23:45 / 24.10.2024