Jahon | 13:56
698
3 daqiqa o‘qiladi

Ozarboyjonda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilindi

Milliy strategiyani amalga oshirish uchun Qorabog‘ va Sharqiy Zangizur asosiy hududlar sanalmoqda.

Sarsang suv ombori. Foto: academic.ru

10 oktyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev «Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha milliy strategiya»ni tasdiqlash to‘g‘risida farmoyish imzolagan.

Ozarboyjonda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha milliy strategiyaning qabul qilinishi bu sohada konseptual yondashuvni namoyish etmoqda.

Strategiyaning asosiy qoidalariga ko‘ra, hujjat mamlakat suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni shakllantirishga strategik nuqtayi nazardan yondashuvni taqozo etadi. Strategiyada suv resurslarini o‘zlashtirish, chuchuk suv resurslarining sifatini saqlash, suv ta’minoti, suv xo‘jaligini yuritish va suvdan foydalanishga kompleks yondashuv nazarda tutilgan.

Bugungi kunda jiddiy global muammolar ichida suv resurslarining taqchilligi muhim o‘ringa ega. Ozarboyjon ham cheklangan suv resurslariga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri sanaladi. Shu naqtayi nazardan qaralganda, Ilhom Aliyev tomonidan tasdiqlangan milliy strategiya bir tomondan mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etsa, ikkinchi tomondan yangi resurslarni shakllantirish masalasini qo‘yadi.

Suvqovushan suv ombori. Foto: sputnik.az

Yangi suv resurslarini shakllantirish borasida ekspertlar Qorabog‘ va Sharqiy Zangizur iqtisodiy tumanlarining katta salohiyatini qayd etishmoqda.

Qorabog‘ va Sharqiy Zangizurning boy suv resurslarini inobatga olib, ta’kidlash mumkinki, bu hududlar Milliy strategiyani amalga oshirishda juda muhim hisoblanaji. Gap bu resurslarni Suv fondiga qo‘shish va ulardan samarali foydalanishning mexanizmlarini ishlab chiqish xususida bormoqda. Tabiiyki, amaliyotda maqsadga erishish indikatorlari, ehtimolli chaqiruv va xavflarga javoblar hamda boshqa jihatlar ham inobatga olinadi. Bunday yondashuv Milliy strategiyani amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyatlar yaratadi.

Suvqovushan suv ombori. Foto: sputnik.az

Ekspertlar Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilinishi va amaliyotgan joriy etilishi bilan Ozarboyjonda ham yangi suv resurslarini shakllantirish, ham suv resurslari taqchilligi bo‘yicha potensial muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ishonch bilan ta’kidlashmoqda: «Samaradorlik, maqsadga yo‘nalganlik va tizimlilik mezonlarini asos qilib olib mamlakatda suv resuslaridan oqilona foydalanish borasida katta natijalarga erishish mumkin», deyishmoqda ekspertlar.

Shunday qilib, Milliy strategiyaning qabul qilinishi Ozarboyjon suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularning umumiy barqarorligini saqlashda tizimli yondashuvni namoyon etayotganini tasdiqlaydi.

 

Mavzuga oid