O‘zbekiston | 12:20 / 15.10.2024
885
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiya O‘zbekistonda qimmatbaho toshlarni baholash ekspertlarini tayyorlaydi

Istanbuldagi Bosh konsulxona ko‘magida dunyoning yetakchi zargarlik buyumlarini ekspertiza qilish va xalqaro sertifikatlash  kompaniyalaridan biri – Belgiyaning HRD ANTWERP korxonasi vakillari hamda O‘zbekiston kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA

Uchrashuvda mamlakatda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini Yevropa va Osiyo bozorlariga eksport qilish salohiyatini oshirish, zargarlik sohasini yanada rivojlantirish hamda raqobatbardosh qimmatbaho buyumlarini ishlab chiqarish maqsadida HRD ANTWERP laboratoriyasining vakolatxonasini O‘zbekistonda ochish masalasi muhokama qilindi.

Bu nafaqat O‘zbekistonning zargarlik salohiyatini oshirish, balki Markaziy Osiyo va MDH hududida yagona bo‘lgan qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini dunyo standartlariga ko‘ra baholash hamda sertifikatlash imkonini beradi.

Muzokaralar yakunida xorij tomoni respublikada ishlab chiqarilgan qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarini xalqaro sertifikatlash va baholash ekspertlarini O‘zbekistonda tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Mavzuga oid