Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
“Yoshlik-1” rangli metallar koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda, 4-fabrika qurilishiga ham start berildi. Ayni paytda 5-fabrika loyihalashtirilmoqda.
2021 yilda “Yoshlik-1” koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlangan edi. Bu loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi ham tashkil etiladi. 15 oktyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, ushbu yangi zavod qurilishini boshlab berdi.
Rasmiy relizga ko‘ra, qiymati 5,3 milliard dollarlik bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin va 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 1,9 mlrd dollarga yetadi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi.
Loyihaga Italiyaning “Wood” hamda Buyuk Britaniyaning “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishi belgilangan.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 3-mis boyitish fabrikasi 4,6 mlrd dollarga baholangan.
Mavzuga oid
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
17:00 / 30.08.2024
OKMKda Istiqlol inshootlari foydalanishga topshirildi
10:00 / 04.07.2024
OKMK: Olti oyda 1 mln kWh yashil elektr energiyasi ishlab chiqarildi
09:44 / 27.05.2024