Jahon | 08:50
3454
2 daqiqa o‘qiladi

RF rasmiylari rubl kursini ushlab qolish uchun kurashmoqchi emas

Agar ilgari Rossiya rasmiylari Rossiya valutasining bir dollar uchun 100 rubldan pastga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rgan bo‘lsa, endi ular budjet uchun foydani uning zaiflashuvida ko‘rishmoqda va valuta kursining pasayishiga yo‘l qo‘yishga tayyor, deb yozadi Bloomberg.

Foto: Alexander Zemlianichenko/AP/picture alliance

Rossiya rasmiylari, avvalgidek, milliy valuta kursi bir yil ichida birinchi marta psixologik jihatdan muhim bo‘lgan bir dollarga 100 rubllik belgiga yaqinlashayotgan paytda, kurs pasayishiga xalaqit bermoqchi emas. Bu haqda Bloomberg 15 oktyabr, seshanba kuni vaziyatdan xabardor bo‘lgan ikki suhbatdoshining fikriga tayanib yozdi.

Agentlik ta’kidlaganidek, o‘tgan yili Rossiya Markaziy banki ushbu belgiga yaqinlashganda, rublning yanada qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bir necha marta aralashdi: masalan, asosiy stavkani oshirish (2023 yil avgustida bo‘lgani kabi) yoki valuta tushumlarini eksport qiluvchilar tomonidan majburiy sotish chegarasini oshirish (2023 yil oktyabrda) orqali.

Biroq, bu safar, budjet taqchilligi va xarajatlarning rejalashtirilgan o‘sishi fonida, Rossiya rasmiylari zaif rublda ustunlikni ko‘rmoqda, deb hisoblaydi Bloomberg anonimlik sharti bilan gapirgan manbalari. Ularning fikricha, rublning zaiflashishi endi tashvishga sabab emas, chunki kelgusi yil xarajatlarni oshirish rejalari fonida bu davlat budjetiga foyda keltirishi kutilmoqda.

Rossiya hukumati va Rossiya banki matbuot xizmatlari Bloomberg'ning izoh berish haqidagi so‘rovlariga javob qaytarmadi.

Mavzuga oid