Britaniyalik alpinist dunyodagi barcha baland cho‘qqilarini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi
23 yoshli britaniyalik Adriana Braunli dunyodagi 8 ming metrdan yuqori barcha 14 ta cho‘qqini zabt etgan eng yosh ayolga aylandi. U buning uchun uch yil sarfladi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Adriana Braunli Tibetdagi 8027 metrlik Shishapangma cho‘qqisiga chiqib, 8 ming metrdan yuqori bo‘lgan oxirgi cho‘qqini zabt etdi.
Adriana zabt etgan birinchi baland cho‘qqi Everest edi. Uning balandligi 8848 metr.
“Men uchun hamma narsa ichki motivatsiya, o‘z tanam imkoniyatlarini sinab ko‘rish va shaxsiy maqsadlarga erishish istagi bilan bog‘liq. Alpinizm — hayotga qarab yugurish. U o‘zimni erkin his qilishimga imkon beradi”, — deydi alpinist.
Uch yil ichida qiz dunyoning 14 ta eng baland cho‘qqisini zabt etdi: Everest, K2, Kangchenjunga, Lhotse, Makalu, Cho Oyu, Dhaulagiri I, Manaslu, Nanga Parbat, Annapurna I, Gasherbrum I, Brod Pik, Gasherbrum II va Shishapangma.
Alpinistning aytishicha, bu maqsad yo‘lida u universitetni tashlab ketgan va do‘stlaridan voz kechgan. Biroq u buni “arzigulik ish” deb hisoblaydi.
Ayol kelajakda boshqa alpinistlarni o‘qitish istagi borligini aytdi.
Bunga qadar nepallik 18 yoshli Nima Rinji Sherp Yer yuzidagi 14 ta cho‘qqini zabt etib, eng yosh alpinist sifatida jahon rekordini o‘rnatgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 11.10.2024
Everestda 100 yil oldin yo‘qolgan alpinistning qoldiqlari topildi
00:05 / 10.10.2024
Nepallik o‘smir Yerdagi eng baland cho‘qqilarni zabt etib, rekord o‘rnatdi
18:30 / 06.10.2024
Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi
13:48 / 02.10.2024