O‘zLiDeP elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha o‘rnatilgan ijtimoiy normalarni qayta ko‘rib chiqish tarafdori ekanligini ma’lum qildi
O‘zLiDeP raisi Aktam Xaitov Namanganda saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha belgilangan ijtimoiy normalar miqdorini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.
Davlatobod tumanidagi “Ko‘k saroy” korxonasida o‘tgan targ‘ibot tadbirida partiya yetakchisi kelgusi besh yillikdagi muhim vazifalari haqida ham ma’lumot berdi.
“O‘zLiDeP elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha belgilangan ijtimoiy normalar miqdorlarini mavsumiylik, xonadon a’zolarining ijtimoiy himoya reyestriga kiritilganligi va oilalar sonidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqish, energiya ta’minoti sohasidagi moliyaviy hisobotlarda shaffoflik va ochiqlikni ta’minlashni o‘zining muhim vazifasi, deb biladi.
Bundan tashqari, nogironlikni belgilash jarayonlarini soddalashtirish, sarsongarchilikka yo‘l qo‘yilmaslik, tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari bemor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tizimdan olishi va elektron rasmiylashtirishi kerak, deb hisoblaymiz”, — dedi u.
Aktam Xaitov nogironlikni belgilash jarayonlarini soddalashtirish, tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyalari bemorlar haqidagi ma’lumotlarni elektron tizimdan olishini ta’minlash kerakligini ham ta’kidladi.
Mavzuga oid
16:17 / 25.10.2024
Poytaxtda O‘zLiDePning ommaviy tadbiri bo‘lib o‘tdi
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
11:30 / 19.10.2024
O‘zLiDeP: “Qudratli yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!”
14:18 / 30.09.2024