Sport | 16:08 / 18.10.2024
6645
1 daqiqa o‘qiladi

Abbosbek Fayzullayev – «Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi» sovriniga da’vogar

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi «Yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi» sovriniga nomzodlarning yakuniy uchligini e’lon qildi. 

Foto: UFA

Unga ko‘ra, O‘zbeksiton milliy jamoasi hamda TsSKA klubi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev yakuniy ro‘yxatdan o‘rin oldi. O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchidan tashqari, Yaponiya yoshlar jamoasi a’zosi Gaku Navata hamda Janubiy Koreyaning «Tejon Sitizen» klubi a’zosi Ba Jun Ho ham g‘oliblikka da’vogar bo‘lib turibdi.

G‘olib nomi 29 oktyabr kuni Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.

Mavzuga oid