AQSh Ukrainani NATOga taklif qilishga tayyor - OAV
Xuddi shu pozitsiyani Buyuk Britaniya va Fransiya ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ammo Germaniya hali ham bunga qarshi.
AQSh prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Ukrainani NATOga taklif qilish g‘oyasi bo‘yicha turli fikrga ega.
Le Monde nashriga ko‘ra, to‘rt nafar yetakchi birinchi navbatda Volodimir Zelenskiy tomonidan taqdim etilgan «g‘alaba rejasi»ga javoblarni muvofiqlashtirishga intilmoqda. Ukraina prezidenti fikriga ko‘ra, maqsad o‘z mamlakatining Rossiya bilan kuchlar muvozanatini o‘zgartirish va 2025 yilgacha harbiy harakatlarni tugatish bo‘yicha muzokaralarni boshlash imkonini berishdir. Biroq, rejaning bandlari bo‘yicha Vashington, Parij, London va Berlin jiddiy kelishmovchiliklarga ega.
Muhokamalardan xabardor bo‘lgan g‘arb diplomatlaridan birining aytishicha, bu ambitsiyali reja bo‘lib, murakkab masalalar bo‘yicha fikrlar bir-biriga mos kelmaydi.
Hozir AQSh va Germaniya Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lish istiqbollarini to‘sib qo‘ymoqda, ammo Fransiya va Buyuk Britaniya buni ko‘proq yoqlaydi.
Shu bilan birga, amerikaliklarning shunchaki taklifga hech qanday fundamental e’tirozlari yo‘q.
«Agar Kamala Harris prezidentlikka saylansa, u holda Bayden o‘tish davrida bu yo‘nalishda harakat qilishi mumkin. Agar bu Tramp bo‘lsa, unda argument kuchini yo‘qotadi va Baydenning har qanday tashabbusi vaziyatni yomonlashtirishi mumkin», dedi yevropalik diplomat.
Nashrning eng optimistik suhbatdoshlari fikricha, Qo‘shma Shtatlarning bu harakati Germaniya pozitsiyasini o‘zgartirishi mumkin. Hozir to‘rt nafar yetakchi qaror qabul qila olmaydi, chunki alyans tarkibiga 32 davlat kiradi. Kamida Turkiya va Vengriya Ukrainaning NATOga kirishiga qarshi chiqishi mumkin.
Mavzuga oid
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
21:05 / 24.12.2024