Jahon | 11:20
1044
2 daqiqa o‘qiladi

Bayden GFRning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Jo Bayden «Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni, Germaniyaning oliy mukofoti - Katta Xoch bilan taqdirlandi. Germaniya prezidenti uning asosiy xizmatini transatlantik munosabatlarni tiklashda ko‘ryapti.

Foto: Reuters

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer AQSh prezidenti Jo Baydenga Germaniyaning oliy davlat mukofoti – «Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordeni, Germaniyaning oliy mukofoti – Katta Xochni topshirdi. Taqdirlash marosimi 18 oktyabr, juma kuni prezidentning Berlindagi qarorgohi – Belvyu saroyida bo‘lib o‘tdi va bu yerda Oq uy rahbari harbiy sharaf bilan qabul qilindi.

Ushbu voqea haqida ma’lum qilar ekan, Germaniya prezidenti kanselyariyasining ta’kidlashicha, Jo Baydenning nemis-amerika do‘stligi va so‘nggi besh o‘n yillikda asosan Bayden tufayli mustahkamlangan transatlantik ittifoqdagi aloqalar qayd etiladi. Jo Bayden Germaniya oliy davlat mukofotini katta Jorj Bushdan (1989 yildan 1993 yilgacha AQSh prezidenti lavozimida ishlagan) keyingi olgan AQShning birinchi prezidentiga aylanadi.

AQSh prezidenti Jo Bayden amaliy tashrif bilan Berlinga keldi

AQSh prezidenti Jo Baydenning Air Force One samolyoti 17 oktyabr kuni kechqurun Berlin-Brandenburg aeroportiga qo‘ndi. Tashrif dasturiga ko‘ra, 18 oktyabr kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer Amerika davlati rahbarini o‘zining qarorgohi – Belvyu saroyida qabul qildi. 

AQSh prezidentining Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida Bayden, Shols, Makron va Starmer ishtirokida to‘rtlik formatida uchrashuv ham o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.

Mavzuga oid