Iqtisodiyot | 13:47 / 19.10.2024
4214
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 9 oyda qariyb 300 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi

Eng ko‘p Cobalt – 117 705 dona, eng kam Lada – 6 dona ishlab chiqarilgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning o‘tgan 9 oyi davomida 297 044 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.

Mamlakat avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida tayyorlangan yengil avtomobillar soni quyidagicha bo‘lgan:

— “Cobalt” – 117 705 dona

— “Damas” – 70 030 dona

— "Tracker" – 31 197 dona

— “Onix” – 24 753 dona

— “KIA” – 14 214 dona

— “Lacetti-Gentra” – 12 837 dona

— “Chery” – 5 619 dona

— “Haval” – 1 803 dona

— “Lada” – 6 dona

— Maxsus yengil avtomobillar – 18 880 dona.

Avvalroq, 2024 yilning 8 oyi mobaynida O‘zbekistonda 260 ming donadan oshiqroq avtomobil tayyorlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid