Xorijdagi o‘zbekistonliklar 1500-2000 dollardan kam maosh olsa, ular uchun shu yerda sharoit yaratishimiz kerak - prezident
Toshkent viloyatida 157 ming aholi chetda yuribdi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Agar ular 1500-2000 dollar olsa, nur ustiga nur, ularga ko‘makchi-yelkadosh bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, ana shunda adolatli tizim bo‘ladi”, dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Toshkent viloyatida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida mehnat migratsiyasi masalasiga to‘xtaldi.
“Har safar kelganimizda har bir tuman, har bir shaharda rivojlanishi nima bo‘ladi, nimalarga e’tibor berishimiz kerak degan savol ko‘ndalang turadi. Bugun sizlar bilan uchrashishimdan maqsad – Toshkent viloyati tajribasi nuqtayi nazaridan, Toshkent tumani misolida ishsizlikni yo‘q qilish, chet elda bo‘lganlarni qaytarish, viloyatda bo‘lgan 62 ming aholini kambag‘allikdan chiqarishni menga aytib berishdi.
Mana, Toshkent viloyatidan 157 ming aholi chetda yuribdi. Mening eng katta maqsadim – ular agar 1500-2000 dollar olsa, nur ustiga nur, ularga ko‘makchi-yelkadosh bo‘lamiz. Lekin undan kam oylik olsa, o‘zimizda sharoit yaratib ishlatsak, o‘ylaymanki, ana shunda adolatli tizim bo‘ladi”, dedi davlat rahbari.
Marosimda jami 2 mlrd dollarlik 9 ta loyihaga start berildi.
Xususan, Olmaliqda 1 mlrd dollarlik sanoat texnoparki, Yuqori Chirchiqda to‘qimachilik parki, Bo‘kada quyosh elektr stansiyasi, Parkent va Piskentda esa energiya saqlash tizimlarini barpo etish ishlari boshlandi. Ohangaron va Bo‘stonliq tumanlarida ikkita yangi GES, Yangiyo‘lda mineral o‘g‘it zavodi, Qibrayda eksportbop oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash korxonasi ishga tushirildi.
Mavzuga oid
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Navoiydagi kimyoviy zavod faoliyati bilan tanishdi
21:20 / 28.10.2024
Modi BRICS sammitida Rossiya va O‘zbekiston prezidentlariga rasm sovg‘a qildi
11:51 / 27.10.2024