Rossiya Kriviy Rigga ballistik raketalar bilan hujum qildi
Rus qo‘shinlari Dnipropetrovsk, Xarkiv va Kiyev oblastlariga hujum qildi. Ballistik raketalar ishlatilgan.
Rossiyaning Kriviy Rigga raketa hujumi oqibatida kamida 17 kishi jarohat oldi, ulardan 8 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘irlikda. Bu haqda 20 oktyabr, yakshanba kuni shahar mudofaa kengashi raisi Aleksandr Vilkul xabar berib, zarba 19 oktyabr kuni kechqurun ikki ballistik raketa bilan amalga oshirilganini ko‘rsatdi.
Dnipropetrovsk oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning aniqlik kiritishicha, jabrlanganlar orasida 14 erkak va uch ayol bor. Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yaradorlardan biri qutqaruvchidir.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 15 ta ko‘p qavatli uy, 3 ta ta’lim muassasasi, 3 ta ma’muriy bino (tuman ijroiya qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘limi, Pensiya jamg‘armasi), 7 ta tadbirkorlik obekti, mehmonxona, do‘konlar, kafelar, cherkov, bank filiali va ofis binolari shikastlangan. Bundan tashqari, gaz quvuri, o‘ttizga yaqin avtomobil, jumladan, uchta o‘t o‘chirish mashinasi, uchta politsiya va tez yordam mashinasi zarar ko‘rgan. Qutqaruv operatsiyasi yakunlandi.
Rossiya Ukrainaga 135 ta hujumkor UUA bilan hujum qildi
18 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 135 ta dron bilan hujum qildi, deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegramʼda. «Dushman Ukrainaga Shahed tipidagi hujumkor uchuvchisiz uchoqlar va noma’lum turdagi dronlar bilan hujum qilmoqda», — deyiladi ertalabki xabarda. Uchirishlar yana Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk rayonlaridan amalga oshirildi.
Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 14 oblastida 80 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, radioelektron kurash tizimlarining ishlashi natijasida yana 44 ta dron Ukrainaning bir qator viloyatlarida «mahalliy ravishda yo‘qotilgan». Harbiy hisobot e’lon qilingan vaqtda Ukraina havo hududida o‘nga yaqin dron bo‘lgan va ikkitasi Belarusga uchib ketgan.
Mavzuga oid
18:09 / 01.11.2024
KXDR Rossiyani «muqaddas urushda» qo‘llab-quvvatlaydi – KXDR tashqi ishlar vaziri
17:18 / 01.11.2024
Medvedev Rossiyada rus tilini bilmaydigan bolalarni maktabga qabul qilmaslikni taklif etdi
12:50 / 01.11.2024
Rossiyada sariyog‘ va tuxumdan keyin kartoshka ham qimmatlashdi
12:10 / 01.11.2024