O‘zbekiston | 17:16 / 22.10.2024
1659
3 daqiqa o‘qiladi

“Obod yurt”da XDP saylovoldi targ‘iboti olib borilmoqda 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi targ‘iboti tadbirlarini eng yuqori sur’atlarda davom ettiryapti. Partiya a’zolari, nomzodlar va volontyorlar guruhlari nafaqat idora va tashkilotlarda, balki uyma-uy, mahallama-mahalla odamlarni faollikka, Xalq demokratik partiyasi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda. 

Foto: XDP

Targ‘ibotchilar guruhi Sirdaryo viloyatining Obod yurt mahallasini ham chetlab o‘tmadi. Savdo shoxobchalari xodimlari, jamoat joylaridagi mahalla ahliga saylov va unda partiya ilgari surayotgan tashabbuslar mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘z dasturiy maqsadlarini avvalo, ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini yuzaga chiqarish orqali “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” prinsipini va davlatning tegishli ijtimoiy majburiyatlarini samarali amalga oshirish kabi umummilliy manfaatlar ustuvorligiga asoslanib belgilaydi.

Saylovlardan so‘ng Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlaridagi deputatlarimiz yaqin 5 yil ichida ushbu maqsadga erishish yo‘lida 15 qadamdan o‘rin olgan 150 ga yaqin aniq vazifalarni belgilab olgan.

Avvalo, har bir shaxsning Konstitutsiya bilan kafolatlangan ijtimoiy huquqlarini adolatli va samarali amalga oshirilishini ta’minlash masalasi ustuvorlik sifatida belgilangan. Buning uchun Ijtimoiy kodeksni qabul qilish taklifi ilgari surilgan. Mazkur hujjatda imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolardan tashqari boshqa og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolar toifalarini va ularga ko‘rsatiladigan yordam turlarini aniq belgilash masalasi o‘rin olishi taklif etilgan. Shu bilan birga, jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va o‘z vaqtida hal qilishga qaratilgan ijtimoiy diagnostikani amalga oshirish tartibini ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan.

Chindan ham, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun yagona va yaxlit huquqiy hujjatga ehtiyoj tug‘iladi. Bu borada partiya ilgari surayotgan tashabbus har tomonlama adolatli va hayotiy zarurat hisoblanadi.

Odamlar bilan yuzma-yuz muloqotlarda ushbu jihatlarga e’tibor qaratilmoqda. Saylovchilar har bir inson farovonligiga xizmat qilishga qaratilgan dasturiga ega partiyani qo‘llab-quvvatlashga chaqirilmoqda.

Reklama

Mavzuga oid