Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
Uning doping sinamasida «Klomifen» taqiqlangan moddasi aniqlangan. Xolmurodov 2023 yilgi Osiyo o‘yinlarida kanoe musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
O‘zbekistonlik kanoechi Shohmurod Xolmurodov doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Uznada milliy antidoping agentligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida taqiqlangan «Klomifen» moddasi borligi aniqlangan. Xolmurodov Butunjahon antidoping kodeksiga ko‘ra 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.
Sportchidan qaysi musobaqada doping sinama olingani, uning jazo sanasi qachondan hisoblanishi va mahrum qilingan mukofotlari haqida ma’lumot berilmagan.
Shohmurod Holmurodov 2023 yilda Xitoyning Hanchjou shahrida o‘tgan XIX Osiyo o‘yinlarida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 1000 metrga suzish bahsida Nurislom To‘xtasin o‘g‘li bilan birga juftlik bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Xolmurodovning murabbiyi Serik Merbekov so‘zlariga ko‘ra, undan 2024 yil 7 martdagi o‘quv mashg‘ulot yig‘inida doping nazorati bo‘yicha analiz olingan. 1 aprelda test javobi chiqqan va uning qonida «Klomifen» moddasi borligi aniqlangan, ya’ni doping Osiyo o‘yinlari vaqtida aniqlanmagan.
Doping tufayli diskvalifikatsiya qilingan sportchining xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, kodeksda sport federatsiyasi yoki assotsiatsiyasiga nisbatan ham jazo chorasi qo‘llash mumkinligi belgilangan.
Mavzuga oid
15:56 / 27.08.2024
Samarqandda o‘tgan jahon chempionatida 51ta davlatdan sportchilar ishtirok etdi
19:08 / 07.08.2024
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi
22:06 / 26.07.2024
Dzyudochi Boltaboyevning raqibi doping tufayli Olimpiadadan chetlatildi
08:42 / 03.10.2023