Qo‘shrabotdagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuraturaga ko‘ra, 4 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan xonadondagi portlash yuzasidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi mansabdor shaxslariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ular mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishda ayblanmoqda.
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan tuman gaz ta’minoti bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Qo‘shrabot tumani Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida portlash sodir bo‘lgani xabar qilingandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga xonadonda gaz to‘planib qolgani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida bir oilaning 4 a’zosi – er-xotin va ularning ikki farzandi vafot etgan.
Mavzuga oid
17:04 / 22.10.2024
Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portladi. Bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan
22:31 / 04.09.2024
Qo‘shrabot hokimi o‘rinbosarlarini haqoratlagani uchun intizomiy jazoga tortildi
13:20 / 01.02.2024
Xizmat kiyimida mast holda yurgan IIB xodimi ishdan haydaldi
21:12 / 10.11.2023