Jahon | 14:30 / 22.10.2024
6752
3 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Qodirovning tarafdorlari Mariupoldagi zavoddan texnikani olib chiqyapti

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Qodirov tarafdorlari Ilich nomidagi Mariupol temir-po‘lat zavodining zamonaviy metallurgiya uskunalarini demontaj qilish va sotish bilan shug‘ullanyapti.

Foto: Peter Kovalev/TASS/dpa/picture alliance

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning tarafdorlari Ilich nomidagi Mariupol temir-po‘lat zavodidan zamonaviy metallurgiya uskunalarini demontaj qilish va sotish, G‘arb sanksiyalariga duchor bo‘lgan avtomobil ishlab chiqaruvchilar foydalanishi uchun Rossiyaga metallolom jo‘natish va inert gazlarni Rossiya kosmik dasturiga o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) 21 oktyabr, dushanba kuni menejerlar va olingan hujjatlarga tayanib xabar berdi.

Rossiya qo‘shinlari Mariupol ustidan nazoratni o‘rnatganidan ko‘p o‘tmay, tezda tashkil etilgan mahalliy «MMK imeni Ilicha» kompaniyasi ishlamay qolgan zavoddan po‘lat mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasiga eksport qila boshladi. Kompaniya 2022 yil avgust oyida ikki kishi nomidan ro‘yxatdan o‘tgan.

WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, uning egalaridan biri chechen tadbirkori Valid Korchagin, ikkinchisi — harbiylar bilan aloqador rossiyalik tadbirkor Yuriy Muray. Nashrning yozishicha, u Rossiya Mudofaa vazirligi uchun Qrimga yuk tashish bilan shug‘ullangan.

Qodirov, Korchagin, Muray va Kreml gazetaning izohiga javob bermadi.

General Kavoli: «RF Ukrainadagi urushdan hozirgidan ham kuchliroq chiqadi»

Rossiya qurolli kuchlari Ukrainadagi urushdan hozirgidan ham kuchliroq chiqadi. 20 oktyabr kuni chop etilgan Der Spiegel nashriga bergan intervyusida NATOning Yevropadagi ittifoqchi kuchlari bosh qo‘mondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli shunday baho berdi.

«Ammo Rossiya Ukrainada yo‘qotishlarga uchradi, anchagina og‘ir yo‘qotishlar bo‘ldi. Lekin Rossiya qurolli kuchlari bu urushdan olingan saboqlarni o‘rganmoqda, takomillashtirmoqda va amalda qo‘llamoqda. Ukraina urushi oxirida, nima bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiya qurolli kuchlari bugungidan kuchliroq bo‘ladi, - dedi Kavoli. - Bu kuchlar bizning ittifoqimiz chegarasida joylashgan bo‘ladi. Va ularga bizni dushman sifatida ko‘rayotgan o‘sha odamlar qo‘mondonlik qiladi, keyin urush rivoji tufayli juda g‘azablanadilar».

«Shunday ekan, bizda haqiqiy imkoniyatlari, miqdori va niyatlari aniq bo‘lgan dushman bo‘ladi, shuning uchun biz unga qarshi turishga qodir qurolli kuchlarga ega bo‘lishimiz kerak», — deya ta’kidladi general.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda NATOga a’zo davlatlarning o‘n minglab harbiy xizmatchilari shay holatda va agar kerak bo‘lsa, bir necha kun ichida joylashtirilishi mumkin. «Bu juda katta o‘zgarish, lekin biz hali ko‘p ish qilishimiz kerak», dedi u keng ko‘lamli o‘zgarishlar va alyansning qurollanishi haqida ma’lum qilib.

Mavzuga oid