Jahon | 11:50 / 23.10.2024
993
2 daqiqa o‘qiladi

London va Berlin yangi mudofaa shartnomasini tayyorlamoqda

Reuters xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniya-Germaniya kelishuvi dushman hududiga chuqur zarba berish uchun yangi qurollarni ishlab chiqish majburiyatini o‘z ichiga oladi.

Foto: Jörg Carstensen/dpa/picture alliance

Buyuk Britaniya va Germaniya — NATOning ikki davlati — Trinity House Agreement bitimini imzolaydilar, unda dushman hududiga chuqur zarba berish uchun yangi qurollarni ishlab chiqish majburiyati bor. Bu haqda Reuters 22 oktyabr, seshanba kuni xabar berdi.

Gap London tomonidan Kiyevga uzatilgan Storm Shadow uzoq masofali raketa tizimlaridan ko‘ra ko‘proq masofa va aniqlikka ega yangi qurol toifasini birgalikda yaratish haqida ketmoqda.

Havo, quruqlik, dengiz va kibernetikada qo‘shma loyihalar

Dpa agentligining xabar berishicha, Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Boris Pistorius va uning britaniyalik hamkasbi Jon Xili hujjatni 23 oktyabrdayoq imzolashi mumkin.

«Havo, quruqlik, dengiz va kibernetikadagi loyihalar orqali biz birgalikda mudofaa salohiyatimizni oshiramiz va shu orqali NATOning Yevropa tomonini mustahkamlaymiz», dedi Pistorius. Ukrainadagi urush «Yevropa xavfsizligini oddiy qabul qilmasligimiz kerakligini» ko‘rsatdi», deya qo‘shimcha qildi u.

Hujjat London va Berlinning alyans sharqiy qanotida mashg‘ulotlar o‘tkazish qobiliyatini kuchaytirishi, Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan tiyib turish imkoniyatlarini oshirishi kutilmoqda.

Mavzuga oid