Nyu-Meksiko shtatida suv toshqinlari bir necha kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Rozuell shahrida kuchli yomg‘ir yog‘di, Chaves okrugida favqulodda holat e’lon qilindi.
AQShning Nyu-Meksiko shtatida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini natijasida dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘lgan, 300 ga yaqin odam qutqarilgan. Nyu-Meksiko politsiyasiga ko‘ra, kuchli yomg‘ir Rozuell shahrini qoplagan.
Gubernator Mishel Luxan Grishem Chaves okrugida favqulodda holat e’lon qildi va suv toshqini qurbonlariga yordam berish uchun davlatdan 1 million dollar ajratdi.
Nyu Meksiko Milliy gvardiyasi, qidiruv-qutqaruv guruhlari suv toshqinlari tufayli mashinalarida qolib ketgan 290 kishini qutqarganini ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, qutqarilganlardan 38 nafari davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
AQSh milliy meteorologiya xizmati (NWS) sharqiy va markaziy shtatlarda kuchli yomg‘irlar hafta davomida davom etishi va yana toshqinlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Mavzuga oid
09:10
Ispaniyada toshqinlar qurbonlari soni 150 kishidan oshdi
08:50 / 31.10.2024
Ispaniyada suv toshqinlari qurbonlari soni 95 kishiga yetdi
08:30 / 11.10.2024
To‘rt viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
15:07 / 27.09.2024