O‘zbekistonning jahon qonun ustuvorligi indeksidagi o‘rni e’lon qilindi
O‘zbekiston 2016 yildan beri birinchi marta reytingda pastlagani kuzatildi.
Global qonun ustuvorligi indeksining 2024 yilgi hisobotida O‘zbekiston 142 davlat orasida 83-o‘rinni egalladi.
Reyting hukumat vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yo‘qligi, ochiq hukumat, inson huquqlari, himoya va xavfsizlik, qonun nazorati, fuqarolik sudlovi, jinoiy sudlov darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantirilgan.
O‘zbekiston himoya va xavfsizlik darajasi bo‘yicha eng yaxshi natijani qayd qilgan. Qolgan ko‘rsatkichlari dunyo mamlakatlari orasida o‘rtacha darajaga ega.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston reytingda 2016 yildan beri birinchi marta pastlamoqda va 2023 yilga nisbatan 5 pog‘ona pastga tushgan.
Reytingning dastlabki besh pog‘onasidan Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Germaniya joy oldi.
Shuningdek, reytingda Qozog‘iston 65-o‘rinda, Qirg‘iziston 101-o‘rinda, Rossiya 113-o‘rinda qayd etildi.
Mavzuga oid
19:02 / 28.10.2024
O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 20 talikka kirdi
22:02 / 17.10.2024
Dunyoda internet erkinligi darajasi pasayib borayotgani qayd etildi
19:22 / 17.10.2024
The Guardian o‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchini jahonning eng umidli top-60 o‘yinchisi ro‘yxatiga kiritdi
18:13 / 17.10.2024