Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnatga oid 283 ta murojaat kelib tushdi
Mavsum davomida 350 nafardan ortiq mehnat inspektori majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik hamda mehnat sharoitlari yaratilishi yuzasidan 22 mingta tashkilot, fermer xo‘jaligi va dalada monitoring o‘tkazgan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Abdusamad Abdukarimov bergan ma’lumotga ko‘ra, ishonch telefoni hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali majburiy mehnat va mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 283 ta murojaat kelib tushgan.
Qayd qilinishicha, shundan 26 tasi majburiy mehnatga jalb qilinganlik, 27 tasi munosib mehnat sharoitlari yaratilmagani, 219 tasi terim pullari o‘z vaqtida berilmayotgani va 1 kg qo‘lda teriladigan paxtaning narxi to‘g‘risidagi murojaatlardir.
Ta’kidlanishicha, mavsum davomida 350 nafardan ortiq mehnat inspektori majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik hamda mehnat sharoitlari yaratilishi yuzasidan 22 mingta tashkilot, fermer xo‘jaligi va dalada monitoring o‘tkazgan.
O‘rganishlar davomida 37 ta murojaat qanoatlantirilgan, 200 ga yaqin murojaat bo‘yicha terimchilar va ish beruvchilarga tushuntirish berilgan, 35 ta murojaat o‘z tasdig‘ini topmagan.
Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, 13 ta fermer xo‘jaligi rahbariga yozma ko‘rsatma, 5 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
10:15 / 10.10.2024
“Mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho beriladi” – Senat paxta terimiga majburlash holatlariga munosabat bildirdi
19:45 / 09.10.2024
O‘qituvchilarning paxta terimiga jalb etilishi noqonuniy - MMTV
17:08 / 10.09.2024