Jahon | 11:20 / 24.10.2024
1277
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilning G‘azo shimoliy va markaziy tumanlariga hujumida kamida 8 kishi halok bo‘ldi

2024 yil 5 oktyabrdan beri G‘azoning shimoliy qismi, asosan «Jyebaliya» qochqinlar lageri Isroil tomonidan ommaviy hujumlar va qamal ostida.

Foto: Anadolu Agency

Isroilning G‘azo sektori shimoliy va markaziy hududlariga bergan havo hujumlari natijasida kamida 8 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab insonlar jarohatlandi.

Falastinning WAFA axborot agentligiga ko‘ra, Isroil armiyasining G‘azo sektori shimolidagi «Jyebaliya» qochqinlar lageriga qarshi qattiq blokadasi va hujumlari ikki haftadan ortiq davom etmoqda.

Falastin eksklavi shimolidagi G‘azo shahrining sharqiy qismida joylashgan Tuffah mavzesiga uyushtirilgan havo hujumida 4 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Isroil armiyasining G‘azo sektori markazidagi Deyr al-Belah hududida tinch aholi avtomobiliga hujumi oqibatida yana ikki falastinlik halok bo‘ldi.

Ayni paytda, G‘azo sektori fuqarolik mudofaa boshqarmasi Isroil armiyasining G‘azo sektori shimolidagi Meshru Beyt Lahiya hududiga havo hujumi ortidan 2 kishi halok bo‘lgan va 3 nafar yaradorning jasadi evakuatsiya qilinganini bildirdi.

Xabarda aytilishicha, Isroil harbiylari fuqarolik mudofaasi bo‘linmalariga qarata o‘t ochgan, qutqaruvchilar tezda hududni tark etishga majbur bo‘lgan.

Isroil armiyasi 2023 yil 7 oktyabrdan beri G‘azo sektoriga hujumlarini davom ettirmoqda. 2024 yil 5 oktyabrdan beri G‘azo shimoli, asosan «Jyebaliya» qochqinlar lageri ommaviy hujum va qamal ostida.

Mavzuga oid