Jahon | 10:30 / 24.10.2024
1256
1 daqiqa o‘qiladi
RF TIV idora resurslariga keng ko‘lamli DDoS-hujum haqida xabar berdi
Mutaxassislar resurslarning ishini tiklash ustida ishlamoqda - Rossiya TIV rasmiy vakili.
Mutaxassislar keng ko‘lamli DDoS-hujum munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi resurslari ishini tiklash ustida ishlamoqda. Bu haqda TASS agentligiga diplomatik idora rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
«Tashqi ishlar vazirligining internet-platformalariga keng ko‘lamli DDoS-hujum munosabati bilan biz brifingni qoldiramiz. Sayt mobil qurilmalardan ochilmayapti va hokazo», — dedi Zaxarova. Diplomatning qayd etishicha, mutaxassislar resurslarning ishini tiklash ustida ishlamoqda.
Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakilining brifingi o‘tkazilishi belgilangan edi, biroq odatda tadbir translatsiya qilinadigan TIV sayti ochilmayapti.