Samarqandda mashina boshqarib YTH sodir etgan 7-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi
7-sinf o‘quvchisi “Jiguli” mashinasini boshqarib, uni yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darib yuborgan.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida maktab o‘quvchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi. Viloyat IIB YHXBning xabar berishicha, hodisa 2024 yil 16 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
7-sinf o‘quvchisi 4R-238 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani Oqtosh mahallasi hududidan o‘tgan qismida Jiguli mashinasini minib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. O‘quvchi bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shifokorlarning muolajasiga qaramasdan o‘quvchi 17 oktyabr kuni shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, bunday ayanchli holatlarning oldini olish maqsadida Bulung‘ur tumani marhum o‘quvchi ta’lim olgan maktabda YHXB mutasaddilari, ota-onalar va o‘quvchilar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
16:19
Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
08:12
Toshkentda uchta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024