O‘zbekiston | 07:30 / 24.10.2024
3779
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Tataristonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Qozon shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti - "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yuksak mukofotni davlat rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.

Prezident ushbu orden bilan O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.

Mamlakat yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.

Mavzuga oid