Jamiyat | 12:30 / 24.10.2024
1642
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatining uch hududida sifatsiz benzin sotayotgan AYoQSh aniqlandi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarilishi oldi olingan. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Nurafshon shahrida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-92 rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) ma’lum bo‘lgan.

Bu kabi holatlar Angren shahrida hamda Parkent tumanida joylashgan AYoQShlarda ham aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Mavzuga oid