Isroilning kechikayotgan javob zarbasi, Kurskdagi KXDR askarlari va AQShda avjiga chiqayotgan saylovoldi kurashi - kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomamizda tanishtiramiz.
Isroilning javob zarbasi
Isroil Eronga javob zarbasini kechiktirmoqda. Chunki Amerikada zarbaga tayyorgarlik haqidagi maxfiy ma’lumotlar sizdirilgan. Endi Isroil o‘z strategiyasini o‘zgartirishga majbur, deb yozadi The Times gazetasi.
«Amerikadagi hujjatlarning sizdirilishi strategiyaning alohida elementlari va tarkibiy qismini o‘zgartirish zaruriyati tufayli hujumni keyinroqqa qoldirishga majbur qildi. Javob albatta bo‘ladi, lekin u endi rejalashtirilganidan ko‘proq vaqt talab qiladi», — degan nashrning razvedka hamjamiyatidagi manbasi.
Isroil sizdirmalar Eronga hujum modelini oldindan aniqlash imkoniyatini taqdim etishidan tashvishda. Tel-Aviv muqobil reja ishlab chiqqan va u har qanday buyruq oldidan ssenariylarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishni talab qiladi, deb yozadi The Times.
Avvalroq Isrolning Eronga ehtimolli hujumiga harbiy tayyorgarlik ko‘rish detallarini ochiqlovchi razvedka ma’lumotlariga ega o‘ta maxfiy hujjatlari sizdirilgani uchun AQShda surishtiruv ishlari boshlangani xabar qilingan edi.
Amerikaning milliy geofazo razvedkasi agentligi va Milliy xavfsizlik agentligiga tegishli bo‘lgani aytilayotgan hujjatlar qurol-yarog‘larning ko‘chirilishi, samolyotlarni yonilg‘i bilan to‘ldirish bo‘yicha mashqlar va pilotsiz parvoz qurilmalarining maxfiy operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.
Amerika rasmiy shaxslari bu materiallarning haqiqiyligini rad etmagan. Qaytaga, anonim qolishni ma’qul ko‘rgan mulozimlardan biri sizdirmani «juda tashvishli» deb atagan.
Dollardan uzoqlashmoqchi bo‘layotgan BRICS
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon BRICS sammitining tor diorada o‘tkazilgan yig‘ilishida AQShni dollardan boshqa mamlakatlarni nazorat qilish va ularga bosim o‘tkazishda qurol sifatida foydalanayotganlikda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, BRICS ichidagi hamkorlik Amerika valutasining jahon iqtisodiyotida yetakchilik qilishini yo‘qqa chiqaradiPrezident Irana Masud Pezeshkian otmetil, chto sotrudnichestvo v BRIKS sposobno oslabit gegemoniyu dollara i usilit raschety v natsionalnyx valutax.
«Jahon ahli BRICS'dan dollar gegemoniyasidan qutulish va milliy valutalarda hisob-kitob qilishni kengaytirish usulini kutmoqda», — degan Pizishkiyon.
Eron prezidentining qayd etishicha, BRICS mamlakatlari energiya va oziq-ovqat kabi asosiy tovarlarning ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari hisoblanadi, shuningdek muhim savdo yo‘llariga ega, bu esa milliy valutalarni o‘zaro savdo-sotiqda ishlatishni foydali va qulay qiladi.
Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan tashkilotning kengaytirilgan yig‘ilishida Rossiya prezidentiga Vladimir Putinga BRICS'ning ramziy kupyurasini ko‘rsatishgan. Putin banknotni kulib qarshilab, uni Rossiya Markaziy banki raisi Nabiullinaga bergan. Kreml matbuot xizmati ramziy kupyurani «kvazipul» deb atab, uni BRICS’ga a’zo mamlakatlar olib borayotgan hamkorlik ramzi deb ta’rifladi. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, «kvazipul»ni sammitning rossiyalik ishtirokchilaridan biri tayyorlagan. Rossiya Markaziy banki raisi Elvira Nabiullina BRICS'ning ramziy puliga salbiy munosabatda bo‘lgan.
KXDR harbiylari Kurskda
Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi xabariga ko‘ra, avvalroq Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tgan KXDRning dastlabki harbiy bo‘linmalari Kursk oblastiga yetib kelgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofitser va uch general Rossiyaga jo‘natilgan.
Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunusbek Yevkurov ularni tayyorlash va moslashtirish uchun mas’ul etib tayinlandi, deb yozadi Bosh razvedka boshqarmasi.
NATO ham KXDR harbiylari Rossiyaga yuborilganini tasdiqladi.
«Ittifoqchilar Shimoliy Koreya qo‘shinlarining Rossiyaga o‘tkazilishini tasdiqladilar. Agar bu qo‘shinlar Ukrainadagi urush uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bu Shimoliy Koreyaning Rossiya tomonidan olib borilayotgan noqonuniy urushni qo‘llab-quvvatlashi bilan bog‘liq holda vaziyatning sezilarli darajada keskinlashganini anglatadi va bu Rossiya frontda katta yo‘qotishlarga uchraganining yana bir dalilidir», — dedi NATO matbuot kotibi Farah Dahlallah.
Uning ta’kidlashicha, NATO a’zolari ushbu masala bo‘yicha alyans doirasida faol maslahatlashmoqda va Janubiy Koreya hukumati bilan vaziyatni muhokama qiladi.
Armaniston-Ozarboyjon munosabatlari
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan BRICS sammitida Ozarboyjon bilan sulh shartnomasiga oid barcha pritsipial masalalarda kelishuvga erishilganini e’lon qildi.
«Bugungi kunga kelib, shartnoma loyihasining ma’qullangan qismi Armaniston Respublikasi va Ozarboyjon Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish va tinchlikning mustahkam poydevori qo‘yilishi uchun barcha prinsipial masalalarini shakllantiradi, manzilini aniqlaydi va yechadi. Biz Ozarboyjonga bu shartnomani imzolashni taklif qilamiz”, — degan Pashinyan.
Armaniston bosh vazirining baholashlariga ko‘ra, hujjat 80-90 foizga kelishilgan. Unda har ikki tomon o‘zaro hududiy yaxlitlikni tan olish, hududlarga da’vodan voz kechish, diplomatik aloqalarni o‘rnatish masalalari qayd etilgan.
BRICS+ sammiti chog‘ida boshqa yetakchilar chiqish qilganida Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyevning bir-biri bilan yuzma-yuz o‘tirib, nimanigdir faol muhokamasida bo‘lgani tasvirlari tarqaldi. Shuningdek, har ikki mamlakat yetakchilari yuzma-yuz uchrashgan va o‘rtadagi masalalarni muhokama qilgan.
O‘n kuncha avval Ilhom Aliyev arman tomonining sulh shartnomasining kelishilgan qismini imzolash va bahsli masalalarni kelgusiga qoldirish taklifini tanqid ostiga olgan edi. Boku shartnomaga chegaralarni delimitatsiya qilish, kommunikatsiyalarni ochish, shuningdek, qo‘shimcha talablar — YeXHTning Minsk guruhini tarqatib yuborish va Armaniston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishni ilgari surmoqda.
Avvalroq har ikki tomon Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida 11-22 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi konferensiyasi chog‘ida sulh shartnomasini imzolash niyatida ekanini ma’lum qilishgan edi.
Bu yog‘da tomonlar sulh tomon qadam bosishayotgan bir paytda AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp «Qorabog‘» qartasini yana o‘yinga otmoqda.
Tramp Harrisni Qorabog‘ masalasida harakatsizlikda ayblagan, nasroniylarni himoya qilishga va’da bergan va Ozarboyjon hududiga nisbatan «Arsax» terminini ishlatgan.
«Agar Kamala Harris AQSh prezidenti bo‘lsa, butun dunyodagi nasroniylar xavfsizlikda bo‘la olishmaydi», — degan Tramp.
Tramp agar saylansa «ta’qib ostidagi nasroniylarni himoya qilish, zulm va etnik tozalashlarga nuqta qo‘yishi»ni, shuningdek, «Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida tinchlik o‘rnatish»ni va’da qildi.
Harris Trampni «fashist» dedi
Pensilvaniya shtatidagi hozircha ovoz berishga ikkilanayotgan saylovchilar bilan uchrashuvda AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris sobiq prezident Donald Trampni «fashist» deb atadi.
Shu hafta ichida Trampning saylovoldi shtabi sobiq rahbari Jon Kelli ham respublikachilar nomzodi «fashist umumiy aniqlashmasi»ga to‘g‘ri kelishini ta’kidlagan edi. Kellining so‘zlariga ko‘ra, respublikachilar nomzodi diktatorlarga muhabbatini hech qachon yashirmagan, shuningdek, Adolf Hitlerning generallariga havas qilganini bir necha bor takrorlagan.
Harris Trampning sobiq hammaslagining bu gaplarini «Amerika xalqi uchun shoshilinch signal» deb atagan va respublikachilar nomzodini yaqindan bilgan insonlarning ogohlantirishlarini jiddiy qabul qilishga chorlagan.
Jurnalistlar Harrisdan Trampni fashist deb hisoblaysizmi, deb so‘rashganda u: «Ha, men shunday hisoblayman», deb javob bergan. Keyinroq Harris bu terminni yana takrorlagan va saylovchilar diktatorlarga havas qiluvchi va fashist bo‘lgan nomzodni istamasligini ta’kidlagan. «Men Donald Trampni xavfli deb hisoblayman», — degan AQSh vitse-prezidenti.
Harris Tramp prezidentlik lavozimiga loyiq emasligi to‘g‘risidagi ta’kidlarini kuchaytira boshlagan. U shuningdek, Trampning avtoritarlikka ruju qo‘yganidan tashvishda bo‘lgan ayrim respublikachilarning qo‘lloviga ega ekanligini qayd etgan.
Bu orada sobiq prezident Donald Tramp o‘zi manziliga demokratlar tomonidan yangrayotgan tanqidga javoban Harris «yutqazayotganini his qilmoqda», shuning uchun unga nisbatan hujumlarni kuchaytirayotganini aytgan. Garchi u Harrisni «Hitler» deb atamagan bo‘lsa ham, amerikaliklar «sog‘lom debatlarni rag‘batlantiruvchi prezidentga loyiq ekanligi»ni ta’kidlagan.
AQShdagi saylovlarga 10 kun vaqt qoldi va so‘rovnomalar qizg‘in kurashdan dalolat berib turibdi.
Reuters/Ipsosʼning so‘nggi so‘rovnomalariga ko‘ra, Harris Trampdan 3 foiz oldinda bormoqda. The Economist nashrining xuddi shunday so‘rovlari esa Donald Tramp saylovchilar hay’atining kichikroq ustunligi bilan g‘alaba qozonishi mumkinligini ko‘rsatgan.
Hozircha asosiy kurashlar na demokratlar, na respublikachilarning ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanayotgan ikkilanuvchi shtatlarda bo‘lib o‘tmoqda. Amerikada joriy saylovda 7 shtat ikkilanayotgan sanalmoqda. Bular — Arizona, Viskonsin, Jorjiya, Nevada, Shimoliy Karolina, Pensilvaniya va Michigan. Ular umumiy hisobda 93 ta ovozga ega.
Mavzuga oid
13:59
Livanda otashkesim kelishuvi, Isroilning yo‘qotishlari va Zelenskiy KXDR askarlari haqida - kun dayjesti
13:00 / 31.10.2024
Qamalda qolayotgan g‘azoliklar, AQShning Isroilga yordami va frontda boy berayotgan Ukraina - kun dayjesti
13:40 / 30.10.2024
Bayt Lahiyaga raketa hujumi, «Hizbulloh»ning yangi yetakchisi va AQShni ko‘ndira olmayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
13:45 / 29.10.2024