Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining parlamentlari bilan o‘zaro hamkorlik va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlarining parlamentlari bilan o‘zaro hamkorlik va istiqboldagi rejalar haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Barcha sohalarda davlatlar o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani, bu esa xalqlar farovonligi uchun juda muhim ekani ta’kidlandi.
Bunda parlamentlarning roli oshib borayotgani hamda O‘zbekistonning Assambleya faoliyatidagi tashabbuskor pozisiyasi alohida qayd etildi.
Kelgusida ham Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Parlamentlararo Assambleyasi hamda unga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirishga va yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024
Dekabr oyi oxirida MDH norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024