O‘zbekiston | 11:38 / 25.10.2024
4260
1 daqiqa o‘qiladi
Viloyatlar orasida eng zich aholi Andijonda yashashi ma’lum qilindi
Toshkent shahridan so‘ng aholi eng zich vodiyning uchta viloyati – Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida yashaydi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda 1 kilometr kvadrat joyga 83,2 kishi to‘g‘ri kelgan.
Respublikada eng zich aholi hududlar orasida Toshkent shahrida, viloyatlar orasida esa Andijon viloyatida yashaydi.
Eng siyrak aholi Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga to‘g‘ri keladi.
Aholi zichligi viloyatlar kesimida quyidagicha bo‘lgan (1 kilometr kvadratda);
- Toshkent shahri – 6 909,6 kishi;
- Andijon viloyati – 801, 3 kishi;
- Farg‘ona viloyati – 610 kishi;
- Namangan viloyati 418,7 kishi;
- Xorazm viloyati – 334 kishi;
- Samarqand viloyati – 254,9 kishi;
- Toshkent viloyati – 204,4 kishi;
- Sirdaryo viloyati – 216,5 kishi;
- Surxondaryo viloyati – 145,7 kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 126,6 kishi;
- Jizzax viloyati – 72,1 kishi;
- Buxoro viloyati – 51,4 kishi;
- Qoraqalpog‘iston – 12,1 kishi;
- Navoiy viloyati 9,8 kishi.
Mavzuga oid
10:59 / 25.10.2024
Samarqand viloyati aholisi 4,3 mln kishiga yaqinlashdi
08:10 / 23.10.2024
BMT: Urush boshlangandan beri Ukraina aholisi 8 mlnga kamaydi
15:50 / 21.10.2024
Andijon va Toshkentda 1 mlrd so‘mdan ortiq “svet”dan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
10:54 / 20.10.2024