Jamiyat | 10:40 / 27.10.2024
9488
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati Baliqchi tumanida bir oilaning 70 a’zosi birga saylovga keldi 

Baliqchi tumanida 88 yoshli Qambarali ota Ibragimov aka-uka, farzandlar, nabira-chevaralari bilan ovoz bergani kelishdi. 1958 yilda ilk bor saylovda ishtirok etganini eslagan ota “u vaqtlari faqat bir nomzodga ovoz berilardi”, deydi.

Foto: Kun.uz

Qambarali ota Ibragimov 88 yoshda. U Baliqchi tumani Sirtmoq qishlog‘idagi katta oilalardan birining eng yoshi ulug‘i. Oilaning jami 70 nafar a’zosi bir bo‘lib 292-saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi.

“1958 yildagi birinchi saylovga qatnashganimni eslayman. Qiyin davrlar edi. O‘shanda odamlar orasida saylovga yalangoyoq kelganlari ham bo‘lgandi. Ko‘chalar loy, sharoit yo‘q bo‘lgan. 50 yil o‘qituvchilik qildim. Bugungi to‘kinlik, farovon hayotdan mamnunman. Saylovga butun Ibragimovlar urug‘i birga keldik. Tanlab-tanlab yurt iqtisodiyotini ko‘taradigan deputatlarga ovoz berdik”, - deydi 88 yoshli Qambarali ota Ibragimov.

Mavzuga oid