Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi
Qo‘shni davlatda yaqin haftalar davomida noqulay ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda, shu sababli O‘zbekiston fuqarolaridan Qozog‘iston yo‘llarida ehtiyot bo‘lib harakatlanish so‘ralmoqda.
Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolarini noqulay ob-havodan ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi kunlarda Qozog‘iston hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg‘ir hamda yo‘llarda muzlash holatlari respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
«Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ishonchli va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz», — deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid
15:30 / 31.10.2024
Qozog‘iston parlamenti Qozog‘iston va O‘zbekistonning ekologik tashabbuslari to‘g‘risidagi hujjatni ma’qulladi
21:48 / 30.10.2024
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga mukofot pullarini ajratish taqiqlandi
20:38 / 30.10.2024
Dekabr oyi oxirida MDH norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
21:48 / 28.10.2024