Octobank ilovasi orqali xorijdagi yaqinlaringizga pul yuboring va xizmatlar uchun to‘lov qiling
Octobankʼning Octo-Mobile ilovasi xalqaro pul o‘tkazmalarining ikkita qulay usulini taklif qiladi - Visa Direct va SWIFT orqali.
Bajariladigan vazifaga moslab, eng qulayini tanlang. Visa Direct — Visa kartalari o‘rtasida tezkor pul o‘tkazish uchun, SWIFT — xorijdagi o‘qish yoki davolanishga to‘lov qilish uchun.
Visa Direct — Visa kartalariga tezkor pul o‘tkazish
Octo-Mobile ilovasidagi Visa Direct bu — dunyoning 180 mamlakatiga bir zumda pul o‘tkazish xizmati. Yaqinlari Visa kartasiga valuta kartasini ochmasdan pul yubormoqchi bo‘lganlar uchun mos keladi. Xizmat avtomatik ravishda mablag‘larni oluvchining valutasiga konvertatsiya qiladi.
Octo-Mobile ilovasidagi Visa Direct orqali qanday qilib pul yuborish mumkin?
- Ilovaning pastki menyusida “Kartalar”ni tanlang.
- Pul yuboriladigan kartani tanlang.
- Karta menyusidan “O‘tkazma”→ “Visa Direct”ni tanlang.
- Pul oluvchining karta raqami hamda familiyasi, ismini kiriting, pul miqdorini ko‘rsating va o‘tkazmani tasdiqlang.
Visa Directʼning afzalliklari:
- O‘tkazmalarni Humo va Uzcard kartalaridan yuborish mumkin.
- Qamrov - dunyoning 180 mamlakati.
- Mablag‘lar avtomatik ravishda oluvchining valutasiga o‘tkaziladi.
Komissiyalar
- Octobank Visa kartalaridan boshqa banklarning Visa kartalariga pul o‘tkazish - 1% (kamida 2,40 dollar).
- Octobank Uzcard kartalaridan boshqa bankning Visa kartalariga o‘tkazmalar – 2% (kamida 40 000 so‘m), Octobank Humo kartalaridan boshqa bankning Visa kartalariga o‘tkazmalar – 1,5% (kamida 40 000 so‘m).
Bu usul, masalan, qarindoshlar tomonidan chet elga tezda pul jo‘natish kerak bo‘lgan holatlar uchun mos keladi.
SWIFT — xizmatlarga to‘lov qilish uchun ishonchli o‘tkazmalar
SWIFT sizga Octobank hisobraqamidan boshqa mamlakatdagi bank hisobraqamiga pul o‘tkazish imkonini beradi. O‘qish, davolanish yoki yirik xaridlarga to‘lov qilish uchun qulay. Mijoz o‘tkazma valutasini tanlashi mumkin va mablag‘lar avtomatik ravishda oluvchining valutasiga konvertatsiya qilinadi.
Octo-Mobile ilovasidan qanday qilib SWIFT o‘tkazma yuborish mumkin?
1. Ilovani oching va bosh sahifada "Kartalar" ni tanlang.
2. Pul o‘tkaziladigan kartangizni tanlang.
3. Karta menyusidan "O‘tkazma" → "SWIFT o‘tkazmalar"ni tanlang.
4. Pul o‘tkazish valutasini tanlang: dollar, yevro.
Pulni qabul qiluvchining ma’lumotlarini to‘ldiring:
- Pulni kimga yuborayotganingizni ko‘rsating;
- Jismoniy shaxsga: ismini, hisobraqamini, SWIFT-kodni (xalqaro pul o‘tkazmalari uchun bank kodi), bankning nomi va manzilini, to‘lov maqsadini kiriting;
- Yuridik shaxsga: kompaniya nomini, manzil, hisob, SWIFT-kod, bank nomini kiriting, to‘lov maqsadini tanlang va ko‘rsating. Kontrakt va invoysni ilova qiling.
O‘tkazma miqdorini ko‘rsating — komissiya avtomatik ravishda hisoblanadi.
O‘tkazmani bir martalik parol bilan tasdiqlang. Yodingizda tuting: uchta noto‘g‘ri urinishdan so‘ng jarayon to‘xtatiladi.
SWIFT afzalliklari:
- Dunyoning deyarli istalgan banki hisob raqamiga pul o‘tkazish;
- Yuqori darajadagi xavfsizlik;
- O‘tkazma valutasini tanlash imkoniyati - dollar va yevroda.
Muddatlar va komissiyalar
- SWIFT orqali mablag‘lar yetti ish kuni ichida o‘tkaziladi.
- O‘zbekistondagi boshqa bankdagi hisob raqamiga dollar yoki yevroda o‘tkazganlik uchun komissiya - BHMning 0,4 qismi + summadan 0,5%. Nashr vaqtida 1 BHM - 375 000 so‘m, BHMning 0,4 qismi- 150 000 so‘m.
- Xorijiy banklarga dollar, yevro va boshqa valutalarda o‘tkazganlik uchun komissiya - BHMning 3 baravari + summadan 0,5 foiz. Nashr vaqtida BHM ning 3 baravari - 1 125 000 so‘m
O‘tkazmalar bo‘yicha limitlar:
- Jismoniy shaxsning (rezident yoki norezident) hisobiga o‘tkazmaning maksimal summasi - 100 000 000 so‘m.
- Norezidentlarning shaxsiy hisoblari orasidagi o‘tkazmalar - cheklovlarsiz.
- Yuridik shaxslarning hisoblariga pul o‘tkazish kontrakt yoki invoys mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Pul o‘tkazishning mos usulini qanday tanlash mumkin?
Visa Direct — agar yaqinlaringiz yoki qarindoshlaringiz Visa kartalariga tezda pul yuborish kerak bo‘lsa.
SWIFT — agar xorijda o‘qish yoki davolash uchun to‘lov qilish kerak bo‘lsa.
Octobank sayti: https://octobank.uz/
Octobank Telegram-kanali: @Octobank_AJ
Reklama