Rodri - «Oltin to‘p-2024» sohibi
Parijda «Oltin to‘p-2024» marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning eng yaxshi futbolchisi va yana bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi.
Bosh mukofot «Manchester Siti» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri Ernandesga nasib etdi.
28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda milliy jamoasi bilan Yevropa chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Shuningdek, Rodri «Siti» safida APLda chempion bo‘ldi.
Top-5dan «Real»ning 3 futbolchisi — Vinisius Junior (2), Jud Bellinghem (3), Dani Karvaxal (4) va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand (5) o‘rin oldi.
Ayollar o‘rtasida «Barselona» futbolchisi Aytana Bonmati qatorasiga ikkinchi yil «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘ldi.
Marosimda yana bir qator nominatsiyalarda g‘oliblar e’lon qilindi:
Eng yaxshi murabbiy — Karlo Anchelotti («Real»/Italiya)
Ayollar futbolida eng yaxshi murabbiy — Emma Hayyes («Chelsi»/AQSh)
Eng yaxshi klub — «Real» (Ispaniya)
Eng yaxshi ayollar jamoasi — «Barselona» (Ispaniya)
Eng yaxshi yosh futbolchi — Lamin Yamal («Barselona»/Ispaniya)
Eng yaxshi darvozabon — Emiliano Martines («Aston Villa»/Argentina)
Eng yaxshi hujumchi — Harri Keyn («Bavariya»/Angliya) va Kilian Mbappe («PSJ» va «Real»/Fransiya)
Insonparvalik yordami uchun Sokratis sovrini — Jyennifer Ermoso («Atletiko»/Ispaniya)
Mavzuga oid
15:33 / 30.10.2024
Vinisiusning fanatlari nafratini Rodrining «adash»lariga sochishdi
16:30 / 29.10.2024
Egasini topgan «Oltin to‘p». Yoki «Real»ga nisbatan adolatsizlik qilindimi?
14:50 / 28.10.2024
Bugun «Oltin to‘p» yangi egasiga topshiriladi. Kimlar asosiy da’vogar?
04:56 / 05.09.2024